Boks Tokio olimpiadasi dasturidan o‘rin oladi, ammo...
Ammo musobaqani o‘tkazish bo‘yicha tashkilotchilik AIBAdan tortib olindi. Bu boradagi yakuniy qaror Ijroqo‘mning iyun oyida o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida qabul qilinadi.
Avvalroq XOQ o‘tgan safargi olimpiadadagi hakamlik sabab AIBAni moliyalashni to‘xtatib qo‘ygan va boks musobaqasi o‘tkazishni "muzlatib qo‘ygan" edi.
XOQ rasmiy saytida yozilishicha, tashkilot Xalqaro Gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe etakchiligida Tokio-2020 olimpiadasi saralash bahslari tizimini ishlab chiqish va bevosita turnirni o‘tkazish bo‘yicha mahsus organni tashkil etadi.
Qarorda qayd etilganidek, Tokio-2020 olimpiadasida boks sport turining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida 8 vazn toifasida medallar uchun kurash olib boriladi. Ayollar o‘rtasidagi bahslar esa 5 ta vaznda bo‘lib o‘tadi. Qayd etish joiz, Rio-2016 olimpiadasida bu ko‘rsatkich mos ravishda 10 va 3 ga teng bo‘lgan edi.

Fikrlar