
Boks. Yana bir bokschimiz finalga chiqdi!
Ammandan xushxabarlar kelishi davom etmoqda. Hozirgina ayollar o‘rtasida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sohiba Ro‘zmetova yarim final jangini yakunladi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz filippinlik Batsyadan Xerginiga qarshi qiyin jang o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Sohiba Ro‘zmetova ham oltin medal uchun final jangida ringga ko‘tariladi. U hal qiluvchi bosqichda hindistonlik Lovlina Borgoxainga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar