Bokschi qizlarimiz Qozog‘istonga yo‘l olishdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Qozog‘istonning Astana shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi. Sportchilarimiz 16 martgacha davom etadigan xalqaro musobaqada ishtirok etishadi.
Turnirda MDH mamlakatlaridan 100 dan ziyod bokschilar qatnashishi kutilmoqda. Terma jamoamiz murabbiylari ushbu musobaqaga quyidagi sportchilarni tanlab olishgan:
1. Gulasal Sultonalieva
2. Setora Shagdarova
3. Azizabonu Ma’mirova
4. Xursandoy Xolmatova
5. Yodgoroy Mirzaeva
6. Shahnoza Yunusova
7. Mavluda Mavlanova
8. E’zoza Meylieva
9. Go‘zal Ismatova
10. Fotima Tursunboeva
11. Farangiz Hoshimova

Fikrlar