
Bokschilarimiz Boku shahriga etib borishdi
26 martdan 2 aprelga qadar Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha “A” toifaga kiruvchi “Buyuk ipak yo‘li” nomli nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning eng etakchi charm qo‘lqop ustalari qatori terma jamaomiz vakillari ham ishtirok etishadi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ayni paytda To‘lqin Qilichev boshchiligidagi delegatsiyamiz Boku shahriga etib borishdi. Terma jamaomiz ushbu musobaqada 13 sportchi bilan ishtirok etadi. Bokudagi turnirda yurtimiz sharafini quyidagi bokschilarimiz himoya qilishadi:
-49 kg: Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov, Foziljon Abdumurodov
-60 kg: Shukur Rahimov
-64 kg: Aliyor Noraliev
-69 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Oqmurod G‘afforov
-81 kg: Xurshid Abdullaev, Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sardor Yormuhammedov, Madiyar Saidrahimov
+91 kg: Obid Tohirov
Fikrlar