Bokschilarimiz MDH o‘yinlarida ishtirok etish uchun Qozonga yo‘l olishdi. Tarkib bilan tanishing!

  • 31.08.2021 18:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

5-11 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Unda MDHga a’zo Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 1 500 nafar ishtirokchi 16 sport turida medallar uchun bahslarga kirishadi. Sportchilarning yoshi 14 dan 23 gacha bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Birinchi MDH o‘yinlarida bokschilarimiz ham yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

Bokschilarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:

O‘g‘il bolalar:

-46 kg: Ilxomjon Ergashev
-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-52 kg: Meroj Istamtoshev
-54 kg: Farrux To‘laganov
-57 kg: Kahramonjon Fozilov
-60 kg: Umidillo Abdurasulov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
-66 kg: Jafarbek Shaxbozov
-70 kg: Azizbek Bo‘riboev
-75 kg: Timurbek Abduvoxobov
-80 kg: Abdulaziz Abduraxmonov
+80 kg: Ravshanjon Soliev

Murabbiylar: Bekzod Xidirov, Pulatjon Shaxbazov, Tulashboy Doniyorov, Ravshan Xodjaev

Qizlar:

-46 kg: Gulsevar Ganieva
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-50 kg: Shaxina Ne’matova
-52 kg: Uzukjamol Yunusova
-54 kg: Guldana Tileubergenova
-57 kg: Ra’no Muratbaeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-66 kg: Sanobar Bozorboeva
-70 kg: Oysha Toirova
-80 kg: Oltinoy Sotimbaeva


Murabbiylar: Temur Axbaev, Azim Xudoykulov, Maksedbay Jumabev,

Shifokor: Komiljon Rasulov

Ma’ruf Urdushev musobaqa davomida hakam sifatida faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
31/08/2021 19:40
O‘zbekistonliklar kamku juda 24