
Bokschilarimiz Sankt-Peterburgga yo‘l oldi
O‘zbekiston boks federatsiyasi rasmiy "Telegram" sahifasi boks bo‘yicha o‘smirlar terma jamoamiz Rossiyaga yo‘l olganini ma’lum qildi:
"Boks bo‘yicha O‘zbkiston o‘smirlar terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish va jamoaviy musobaqada ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga yo‘l oldi.
2005-2006 yillarda tug‘ilgan bokschilarimiz 24 fevralga qadar Rossiyaning shimoliy poytaxtida bo‘ladi va u erda jamoaviy musobaqada janglar o‘tkazadi.
Ushbu yig‘in oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi ko‘zda tutilgan", - deb yozadi federatsiya rasmiy sahifasi.
Fikrlar