
Bokschilarimiz xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi!
Boks bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz Chernogoriyadagi turnirda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Musobaqa yakuniga ko‘ra, vakillarimiz umumih hisobda peshqadamlikni qo‘lga kiritddi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi:
"Chernogoriyadagi "Adriatic Pearl" musobaqasida yoshlarimizdan medallar shodasi. Umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldik! Chernogoriyaning Budva shahrida 2002-2003 yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida "Adriatic Pearl" xalqaro turniri o‘z yakuniga etdi. Xabar berib o‘tganimizdek, ushbu musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, yosh yigit-qizlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Ushbu natija orqali, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, quyidagi yoshlarimiz yurtimizga medal bilan qaytadigan bo‘lishdi:
Oltin:
-49 kg: Ibrohim Ishjanov
-91 kg: Amirshoh Samadov
+91 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-52 kg: Shahzod Muzaffarov
-56 kg: Dilshod Abdumurodov
Bronza:
-60 kg: Aydos Tagaybaev
-81 kg: Shohjahon Abdullaev
Qizlar:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
Kumush:
-51 kg: Sabina Bobokulova
Bronza:
-64 kg: Gulshoda Istamova",-deyiladi xabarda.
Fikrlar