Bokudagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashgan bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi
Xabar berib o‘tganimizdek, 27 aprel - 1 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boks bo‘yicha "Haydar Aliev-2019" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi va unda ishtirok etgan 7 nafar bokschilarimiz (2003-2004 yillar o‘rtasida) 5 ta oltin, 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandilar.
Bugun ana shu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sportchilarimizni kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov
-52 kg: Jahonmurod Imomaliev
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-70 kg: Login Petrov
+80 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-46 kg: Bekzod Xoldorov
-57 kg: Lazizbek Fattoev
Murabbiylar: L.Zokirov, I.Berdiev

Fikrlar