“Bolonya” sport direktori Eldor Shomurodov borasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
“Bolonya” klubi sport direktori Jovanni Sartori “Sport Ekspress” bilan suhbatda Eldor Shomurodovni “Roma”dan xarid qilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
“Roma” Belotti kelgani uchun Shomurodovni “Bolonya”ga sotishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz Eldorni sotib olmoqchi emasmiz”, — dedi Sartori “Sport Ekspress”ga bergan intervyusida.
Avvalroq, “Roma” Shomurodovni “Bolonya”ga sotishi xabar qilingandi. Shuningdek o‘zbekistonlik futbolchiga “Torino”, “Sassuolo” va Angliyaning “Vulverxemton” klublari qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Fikrlar