Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Bornmut» yarim himoyachisiga rekord summa taklif qilindi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Bornmut» Aleks Skottga klub tarixidagi eng yirik shartnomani taklif qilmoqda, ammo 118 million yevro taklif bo‘lsa, uni sotishi mumkin.

«Bornmut» rahbariyati yarim himoyachi Aleks Skottni jamoada saqlab qolish uchun harakatni kuchaytirmoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, klub egasi Bill Foli Skott uchun yangi shartnoma taklifini ma'qullagan. Ushbu bitim «Bornmut» tarixidagi eng yirik shartnoma bo‘lishi kutilmoqda. Ilgari futbolchi «olcha»lar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortganiga qaramay, klub rahbariyati uni saqlab qolish umidini yo‘qotmagan.

Shu bilan birga, qishki transfer oynasida Skottni sotish varianti ham sofdillik bilan ko‘rib chiqilmoqda. Agar yanvar oyida «Bornmut» 118 million yevro atrofida taklif qabul qilsa, yarim himoyachini qo‘yib yuborishi mumkin. Futbolchiga «Chelsi» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli Skott barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q