
"Borussiya D" safarda "Beshiktosh" ustidan zafar quchdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "C" guruhining 1-turida “Borussiya” Dortmund safarda “Beshiktosh” mehmoni bo‘ldi.
“Vodafone Park”da kechgan o‘yin 1:2 hisobida nemis grandining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Borussiya” safida gollarni Jud Bellingem (20') va Erling Xoland (45+3') kiritdi. “Beshiktosh”ning yagona javob goliga esa Fransisko Montero (90+4') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar