
"Borussiya Dortmund" himoyachisi "Bavariya" sobiq bosh murabbiyi qo‘li ostida to‘p surishi mumkin
"Borussiya Dortmund" himoyachisi Marius Volf faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bild nashri manbasiga ko‘ra, "Monako"ning yangi bosh murabbiyi Niko Kovach 25 yoshli futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumni "Gerta"da ijarada o‘tkazgan Volf Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar