"Borussiya" Dortmund Sanchoning narxini tushirdi
Angliyalik hujumkor yarim himoyachi Jeydon Sancho "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Mirror nashrining yozishicha, nemis grandi 21 yoshli futbolchining transfer narxi bo‘yicha o‘z talablarini yumshatishga rozi bo‘lishgan. Bir yil oldin "Borussiya" Sancho uchun "Manchester Yunayted"dan 108 million funt talab qilgandi. Endi nemis klubi futbolchini 81,5 million funtga (95 million evro) sotishi mumkin.
Yakunlangan mavsum Sancho “Borussiya” safida 38 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Jeydon Sancho "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Borussiya”ga 2017 yilning yozida ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar