"Borussiya Dortmund" uch daqiqada ikkita gol o‘tkazib yubordi va mag‘lubiyatga uchradi
Germaniya chempionati 20-turida "Frayburg" "Borussiya Dortmund" bilan bahs olib bordi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar safida gollarga U Yon Chon va Jonatan Shmid, "asalarilar" tarkibida golga Yussufa Mukoko mualliflik qildi. G‘alabadan so‘ng "Frayburg" 30 ochko to‘plab 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Dortmundliklar esa 20 o‘yindan so‘ng 32 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar