"Borussiya" Dortmundga 5 ta gol ham yordam bermadi, "Ayaks" esa yuz foizlik natija qayd etdi

  • 08.12.2021 03:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Evropa chempionlar ligasi 6-turi "C" guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga etdi. 

O‘z maydonida "Beshiktosh"ni qabul qilgan "Borussiya" Dortmund yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi". Nemis klubi safida Xoland va Roys dubl qayd etdi. Shuningdek, Malen ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shunday bo‘lsa-da, dortmundliklar 9 ochko bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi. Endi ular Evropa ligasida ishtirok etadi. 



O‘z maydonida "Sporting"ni qabul qilgan "Ayaks" 4:2 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, Amsterdam klubi o‘z guruhida yuz foizlik ko‘rsatkich bilan keyingi bosqichga yo‘l olmoqda. 9 ochkoga ega "Sporting" "C" guruhida ikkinchi pley-off yo‘llansini qo‘lga kiritdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!