
"Borussiya"D o‘z maydonida "Tottenxem"ga yutqazdi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlariga start berildi.
Hususan, Dortmundning "Borussiya" klubi shu kuni o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi. Inqirozlarga yuz tutgan Peter Bosh shogirdlari bu safar "shporlar"ga mag‘lub bo‘lishdi. Yakuniy hisob 1:2.
“Borussiya” D Germaniya – “Tottenxem” Angliya 1:2 (1:0, 0:2)
21 noyabr «Signal Iduna Park»
Gollar: 1:0 – 31 Obameyang, 1:1 – 49 Keyn, 1:2 – 76 Son Xyn Min.
“Borussiya” D – Byurki (Vaydenfeller, 90), Tolyan, Bartra, Zagadu (Toprak, 78), Shmeltser, Vaygl, Yarmolenko, Gettse, Kagava (Kastro, 66), Gerreyru, Obameyang.
“Tottenxem” – Loris, Dayer, Sanches, Vertongen, Ore, Uinks, Eriksen (Sissoko, 85), Rouz, Alli (Dembele, 81), Son Xyn Min, Keyn (Lorente, 86).
Ogohlantirishlar: Shmeltser (52), Tolyan (90).
Quyida ushbu o‘yinning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar