Bo‘sh kelma, yigit! Neymar ustoziga bosh ko‘targan Antonini qo‘lladi!

  • 29 oktabr, 2022, 21:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar “Manchester Yunayted”da o‘ynayotgan hamyurti Antonini qo‘llab-quvvatlamoqda.  

Tecno

Gap shundaki, manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag Antoni maydonda ortiqcha fint ishlatishini tanqid qilganidan keyin, yosh yulduz ustoziga bosh ko‘tarib, har bir braziliyalik kabi o‘z san’atini tashlamasligini uqtirgandi.

- Xuddi shunday davom et, o‘yiningni o‘zgartirma! Umuman bo‘sh kelma, yigit! Jasorat va quvonch hamrohing bo‘lsin, - dedi Neymar.

Ta’kidlash joizki, Neymarning o‘zi ham maydonda aldamchi harakatlarni juda ko‘p ishlatadi. Ayrimlar uni raqibni kalaka qilayotganlikda ayblaydi. Neymar esa, tanqidlarga parvo qilmay o‘z bilganidan qolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!