Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bosh murabbiy uchta superfutbolchini olib kelishni so'radi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga shu oʻyinchilar kerak

“Yuventus” bosh murabbiyi Luciano Spalletti klub rahbariyatidan kelasi mavsum oldidan tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirishga qaror qildi.

Tajriba­li murabbiy Turin klubi rahbariyatidan uch nafar yangi ijrochi – “Liverpul” darvozaboni Alison Beker, “Manchester Siti” pleymeykeri Bernardu Silva va “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Randal Kolo Muanini jamoaga olib kelishni so’radi.

Bu haqida La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Spalletti Turin jamoasiga xalqaro tajribaga ega futbolchilar kelishi tarafdori va ular jamoaga ijobiy ta’sir o‘tkazishiga ishonmoqda.

Shuningdek, italyalik mutaxassis 26 yoshli hujumchi Dušan Vlahovich bilan shartnomani uzaytirishni ham talab qilmoqda. Serbiyalik futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q