"Brayton" bosh murabbiyi: "Potterga rahmat aytmoqchiman"
"Brayton" APLning 31-turida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yindan jamoa bosh murabbiyi De Zerbi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Potterga rahmat aytmoqchiman, chunki juda ajoyib va kuchli jamoaga keldim. Endilikda o‘z g‘oyalarimni singdirishga harakat qilyapman. Bu yigitlarni u yaratgan," - dedi italiyalik mutaxassis.
Londondagi g‘alabadan keyin "Brayton" turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. De Zerbi klubni Grem Potter ketganligi tufayli qabul qilib olgandi. U jamoani yanada shakllantirib, Evrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashmoqda.
Potterni yaqindagina "Chelsi" o‘z ishidan ozod qildi va uning o‘rniga vaqtinchalik Lempard keldi.

Fikrlar