Braziliya so‘nggi turda kutilmaganda yutqazib qo‘ydi

Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Kamerun va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda afrikaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golni qo‘shib berilgan daqiqalarda Vensen Abubakar o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. G‘alabaga qaramay, Kamerun termasi guruhda qolib ketdi.

Ma’lumot uchun, Braziliya 6 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kamerun esa 4 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!