Braziliya terma jamoasining 4 nafar etakchisi Angliya va Ispaniyaga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi

  • 17.03.2024 13:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Angliya va Ispaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. "Pentakampeonlar" sardori Kazemiro ("Manchester Yunayted"), darvozabon Ederson ("Manchester Siti"), hujumchi Gabriel Martinelli ("Arsenal") va himoyachi Markinos (PSJ) jarohati sabab ushbu uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.

"Sariq-yashillar" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jarohat olganlar o‘rniga "Portu" futbolchilari Pepe va Galeno, "Flamengo" himoyachisi Fabrisio Brunu va "Vasko da Gama" darvozaboni Leo Jardim jamoaga chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 23 mart kuni Angliya bilan, 26 mart kuni esa Ispaniya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!