Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum

  • 09.04.2025 11:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Dorival Junior iste’foga chiqarilganidan keyin Braziliya terma jamoasi bosh murabbiysiz bo‘lib turibdi. "UOL Esporte" nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubining amaldagi murabbiyi Xorxe Jezus Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Manbaga ko‘ra, Braziliya futbol federatsiyasi rahbariyati "Al-Hilol"ga murabbiy uchun 2,5 million evro to‘laydi. Qayd etilishicha, 70 yoshli portugaliyalikning terma jamoadagi maoshi Saudiya Arabistonidagidan taxminan besh baravar kam bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, "pentakampeonlar" "JCh-2026 saralashi" turniri yakunlanishiga to‘rt tur qolganida 21 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Braziliyaliklardan yuqorida Urugvay, Ekvador va Argentina joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!