Braziliyalik hujumchi jiddiy jarohatdan qutulib qoldi, ammo mundialni o‘tkazib yuboradi
"Chelsi" vingeri Estevao jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.
19 yoshli futbolchi bir oy oldin Angliya Premier-ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda (0:1) son orqa qismida jarohat olgandi. Ma'lum bo'lishicha, unga jarrohlik amaliyoti talab qilinmaydi.
Shunga qaramay, Estevao Braziliya milliy terma jamoasining JCh–2026 uchun kengaytirilgan 55 kishilik tarkibidan o‘rin olmadi.
Futbolchi joriy mavsum APLda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Fikrlar