Braziliyalik yulduz “Real”ni armon bilan tark etadigan bo‘ldi
“Real” klub rahbariyati jamoaga katta umidlar bilan olib kelingan braziliyalik futbolchi Reyner bilan xayrlashishga qaror qildi.
As nashrining ma’lum qilishicha, Madridga 2020 yili “Flamengo”dan 30 million evro evaziga olib kelingan iqtidor egasi besh yildan ortiq vaqt mobaynida asosiy tarkibga kirishni uddalay olmadi.
23 yoshli legioner shu paytga qadar “Real”ning birinchi jamoasida debyut qila olgani yo‘q.
Reyner asosiy vaqtini ijarama-ijara yurishga sarfladi. Hozirga qadar “Borussiya Dortmund”, “Jirona”, “Frozinone” va “Granada” jamoalarida to‘p tepib keldi.
“Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Reynerni hatto ikkinchi jamoaga qo‘shilishiga qarshilik qildi. Endi braziliyalik o‘yinchi tezroq o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak. Agar bu ish ham o‘xshamasa, “Real” bir yil qolgan shartnomani muddatidan avval bekor qiladi.
Fikrlar