Braziliyaliklar Anchelotti bilan "El-klasiko"dan keyin shartnoma imzolamoqchi!

  • 4 may, 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottini milliy jamoa murabbiyi sifatida tayinlashga intilayapti. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis CBF prezidenti Ednaldo Rodriges bilan kelishuvga erishgan. Shu bilan birga, Anchelotti hozircha "qaymoqranglilar"dagi ishini ustuvor deb hisoblaydi.

CBF esa uzoqqa cho‘zmasdan kelishuvni rasmiylashtirish niyatida. Xususan, braziliyaliklar 12 may kuni — La Liganing eng katta o‘yini, "Barselona"ga qarshi "El-klasiko"dan keyin shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!