
"Breshiya" Markizioga 1 mln evro maosh taklif qildi. Futbolchi 2,5-3 mln evro xohlamoqda
"Zenit" klubi sobiq yarim ximoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini "A" Seriyada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchiga Italiyaning "Breshiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Italiyalik futbolchi 2,5-3 mln evro maosh olishni xohlamoqda, "Breshiya" 1 mln evro va qo‘shimcha bonuslar berishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Markizio 2018 yilning sentyabr oyida "Zenit" safiga qo‘shilgan. Ushbu yozda jamoani tark etdi. U mavsum davomida 15 ta bellashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi.
Fikrlar