Bu futbolchi kelsa, u “Real”dan ketadi!

  • 16.02.2023 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning eng mohir pleymeykerlaridan Luka Modrich yozda jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi”da xorvatiyalik o‘yinchiga yangi bitim bermaslik rejasi ham bor. Unga ko‘ra, klub “Borussiya” yulduzi Jud Bellingemni qo‘lga kirita olsa, 37 yoshli Modrich bilan xayralashadi.

Maydon markazining yana bir etakchisi Toni Kroosga esa, yangi bitim taklif etilishi mo‘ljallanyapti.

Luka Modrich “Real”ga 2012 yili “Tottenxem”dan transfer qilingan edi. U Madrid jamoasida o‘ynab, “Oltin to‘p” sovrini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!