Bu futbolchi Xoland va Mbappe darajasida o‘ynaydi

  • 6 yanvar, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Lui Saa klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfording imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Tecno

- Reshford – bir mavsumda 30-40 ta gol urishga qodir o‘yinchi. Bunga hech qanday shubha yo‘q.

Markus shu paytgacha Erling Xoland va Kilian Mbappe uddalagan ishlarni ortig‘i bilan bajara olmaydimi?

Bu ikki yigitning tezligi va o‘yinni tushunish qobiliyati zo‘r shakllangan va bu bilan kamdan kam o‘yinchilar maqtana oladi. Ular har doim pozitsiyani to‘g‘ri tanlaydi va turli xil usulda gol uradi. Xuddi shu ishlarni Reshford ham uddalay boshladi.

Agar Markus yuqori sport formasini va o‘ziga ishonchni saqlab qola olsa, uni umuman to‘xtatib bo‘lmaydi, - dedi Lui Saa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!