Bu futbolchining narxi "Barselona"ning “cho‘ntagiga” to‘g‘ri kelmayapti
"Chelsi" rahbariyati jamoaning ispaniyalik himoyachisi Sezar Aspilikuetaning transferidan 8 million evro ishlab olmoqchi, ammo bu narx "Barselona"ning “cho‘ntagiga” to‘g‘ri kelmayapti. Kataloniya klubi "aristokratlar"dan transfer narxini pasaytirishni so‘ramoqchi.
Ushbu mavsumda ispaniyalik himoyachining "Barselona"ga o‘tishi haqida juda ko‘p ma’lumotlar bor edi, ammo transfer hali amalga oshmadi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklarni 8 million evrolik narx qoniqtirmayapti, deb yozmoqda GOAL.
“Barselona” esa allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Aspilikueta - kataloniyaliklar uchun mavsum oralig‘idagi asosiy transfer maqsadlaridan biri.
Futbolchi o‘tgan mavsum APLda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar