
Bu g‘alabadan keyin jamoada qolmasam bo‘lmaydi!
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos yozgi transferlar mavsumida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirayotgan edi. Xususan, germaniyalik futbolchi o‘z hamyurti Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p tepishni istayotgandi.
“Real” Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ni mag‘lub etganidan keyin Kroosning fikri ham o‘zgardi.
- Bunday g‘alabadan keyin “Real”da yana ikki yil qolishga qaror qildim, - dedi Toni Kroos.
Jahon chempioni hisoblangan yarim himoyachi madridlikoar safida 2014 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi.
“Qirollik klubi” unga 2024 yilgacha davom etadigan shartnoma bergandi. Shu kungacha u kelishuvni imzolamay kelayotgandi. Endi uning qarori aniq bo‘ldi.
Fikrlar