
Bu ish amalga oshsa, Shomurodov “Real” yulduzi bilan o‘ynaydi! (foto)
“Roma” rahbariyati “Real” yulduzlaridan Iskoni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Ispaniyaning AS nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, rimliklar armanistonlik legioner Genrix Mxitaryan ketganidan keyin uning o‘rniga jamoa hujumlarini tashkil etadigan tajribali pleymeyker qidirayotgan edi.
“Roma” Iskoning transferini bir necha kun ichida rasmiylashtirishga urinmoqda.
30 yoshli yarim himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib bo‘lgan va ayni paytda futbolchi erkin agent maqomida.
Isko “Real”ga 2013 yili “Malaga”dan ko‘chib o‘tgan. Madrid klubidagi faoliyati davomida pleymeyker jami 353 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 53 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 56 ta golli pas uzatgan.
Bu o‘yinchi “Qirollik klubi” safida jami 19 ta sovringa ega chiqdi.
Iskoga rimliklardan tashqari, “Milan” va “Fiorentina” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar