Bu ishni Xolanddan boshqa hech kim uddalay olmagan
Angliya Premer-ligasining bu galgi mavsumi Erling Xolandga bag‘ishlandi. Norvegiyalik hujumchi debyut mavsumidayoq bir necha rekordlarni urdi.
“Manchester Siti” g‘alabasi bilan yakunlangan chempionatda Erling Xoland Angliya Premer-ligasi tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrinlari bilan taqdirlandi.
Angliya futbolida bir futbolchining bir mavsumda mana shu ikki asosiy sovrinni qo‘lga kiritishi ilk marotaba kuzatilmoqda va yangi rekord sifatida qayd etildi.
22 yoshli hujumchi Premer-ligada 35 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qildi. To‘purar poygasida g‘olib chiqqan Xoland bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritish bo‘yicha ham mutlaq rekord sohibiga aylandi.

Fikrlar