
Bu jamoa 1988 yildan buyon ilk bor finalga chiqdi
Xabaringiz bor kecha "Real Sosedad" Ispaniya kubogi yarim finalida "Mirandes"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi.
E’tiborlisi, San-Sebastyan shahri jamoasi 1988 yildan buyon ilk bor Ispaniya kubogining final bahsida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, "Sosedad" 32 yil oldingi finalda "Barselona"ga imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Real Sosedad” bu safargi finalda “Atletik” va "Granada" juftligiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar