Bu jamoada Shomurodovga joy ochilmoqda!

  • 16 iyun, 2023, 20:04
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hozircha to‘purarlik mahoratini asosan xalqaro maydonda namoyish qilmoqda.

27 yoshli futbolchimiz “CAFA Nation's Cup” xalqaro turnirida Turkmaniston terma jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda dubl qayd etib, hamyurtlarimiz g‘alabasini ta’minladi.

Bu ikki gol Shomurodovni milliy terma jamoamiz tarixida eng ko‘p gol urgan rekordchiga aylantirdi. Hozircha, bosh jamoa safida 64 ta uchrashuv o‘tkazgan Eldor hisobida 36 ta gol bor va bundan buyon uning har bir kiritgan to‘pi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.

IMG_0573

Shunga qaramay, hamyurtimizning klublar miqyosidagi faoliyati bu mavsum ko‘ngildagidek bo‘lmadi.  A Seriyada “Roma”da oltita va “Spetsiya”da 15 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etdi. Pley-offda bitta golli pas uzatdi.

Shuningdek,  “Roma” futbolchisi sifatida Evropa ligasida ikkita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi. Umumiy hisobda, jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkitada gol va uchta assist qayd etdi. Bu Evropa futbolida past ko‘rchatkich.

Eldor Shomurodov tez orada “Roma” safiga qaytishini ta’kidladi. Kelasi mavsum boshlangunga qadar Joze Mourino jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ayniqsa, hujum chizig‘ida. Transferga qo‘yilgan Temmi Abraxam og‘ir jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan. Paulo Dibalaning kelajagi ham mavhum. Unga katta klublar ko‘z tikmoqda.

Shomurodov “Roma”da o‘ynagan paytda hujum markazida Temmi Abraxamga, chap qanotda Stefan El-Shaaravi hamda Kristian Volpatoga raqobatni boy berib qo‘yayotgan edi. Abraxam safdan chiqqani aytildi.

Yozda qolgan ikki raqobatchi ham ketadigan bo‘lyapti. Stefan El-Shaaravining shartnomasi yakunlandi. Hali yangisi imzolangani yo‘q. Unga Turkiyadan jiddiy chorlov bo‘lyapti. “Fenerbahche”ni qabul qilib olishga rozilik bergan Vinchentso Montella klub rahbariyatidan Stefan El-Shaaravi transferini talab qilmoqda.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, turk klubi Stefanga “Roma”nikidan yaxshiroq shartnoma berish orqali bu transferni ijobiy hal qilishga kirishgan.

Bundan tashqari, 30 yoshli futbolchi oldidagi o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan “Milan”ga qaytish varianti ham kun tartibidan tushgani yo‘q.

El-Shaaravi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.

Eldorning yana bir raqobatchisi – Kristian Volpato “Sassuolo”ga o‘tib ketishga juda yaqin turibdi. Volpatoga agentlik qilayotgan Franchesko Totti “Sassuolo” bilan muzokarani ijobiy yakunlash arafasida. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatdi.

“Sassuolo” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dodli futbolchini to‘liq transfer qilmoqchi. Buning uchun ular “Roma”ga 9 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

19 yoshli Volpato mavsum davomida A Seriyada ettita o‘yinda bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Italiya kubogida bitta, Evropa ligasida uchta bahsda qatnashdi.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inidan qaytganidan keyin “Roma” safiga qo‘shiladi. Hamyurtimiz kelasi mavsumni qaerda boshlashini aniqlashtirib olishi lozim.

528x300

Agar Joze Mourino yangi mavsumda ham legionerimizga etarlicha ishonch bildirmasa, Eldorning agentlari unga boshqa jamoa topishi kerak bo‘ladi.

O‘zbek futbolchisi Evropaning mashhur klubi nazariga tushdi. Transfer bo‘ladimi?

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Shomurodov gol urgan darvozabon PSJga o‘tadigan bo‘lyapti

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!

Ronaldu Masharipovga nimalarni o‘rgatdi?

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
18/06/2023 00:34
Шомуродовдан бошка тема йукми Узбекистан футболида