
Bu klub Shevchenko bilan muzokaralar olib borganini rasman inkor etdi
"Benfika" o‘tgan hafta "Jenoa" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Andriy Shevchenko bilan muzokaralar olib borganini rasman inkor qildi.
Bundan avvalroq, OAV ukrainalik mutaxassis dekabr oyi oxirida jamoani tark etgan Xorxe Jezus o‘rniga "Benfika"ni boshqarishi mumkinligi haqida yozishgan edi. Biroq, Lissabon klubi matbuot xizmati Nelson Verissima kamida mavsum oxirigacha murabbiy sifatida qolishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Shevchenkoga Polsha terma jamoasidan ham jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar