Bu mamlakatda 20 nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda

  • 22 aprel, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qirg‘iziston Premer-ligasidagi jamoalar Evropa, Afrika va Osiyoning 11 mamlakatidan kelgan jami 51 nafar legioner xizmatidan foydalanmoqda. Bu haqda sport.kg sayti ma’lumot tarqatdi.

Transferlarga ixtisoslashgan www.transfermarkt.world  sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston chempionati yuqori divizionida eng ko‘p xorijlik futbolchi O‘zbekistondan kelgan. Ayni paytda 20 nafar o‘yinchimiz qo‘shni mamlakatning eng kuchli ligasida faoliyat yuritmoqda.

1681986278_legionery-kpl

Tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘iziston Premer-ligasidagi legionerlar soni bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich rossiyalik charm to‘p ustalariga tegishli. Rus futbolchilaridan 11 nafari ushbu ligada o‘ynayapti.

Uchinchi o‘rinda qayd etilgan Qozog‘istondan olti nafar futbolchi bu mamlakat yuqori divizionidan ish topgan.

Bundan tashqari, Ukrainadan to‘rt, Gana, Turkmaniston, Nigeriyadan ikki nafardan, Serbiya, Gruziya, Chernogoriya hamda Ozarbayjondan bittadan o‘yinchi bor.  

Chempionatda ishtirok etayotgan jamoalar orasida eng ko‘p legioner “Dordoy”da o‘ynayapti. Bu klub 9 nafar chet ellik o‘yinchi bilan shartnoma tuzgan. “Olg‘a” va “Ilbirs” klublari esa, faqat mahalliy o‘yinchilar xizmatidan foydalanmoqda.

Qirg‘iziston Premer-ligasiga O‘zbekistondan kelgan o‘yinchilarning aksariyati yoshlardir. Legionerlarimiz orasidan Otabek Haydarov bu mamlakatga birinchi kelgan. U Farg‘onaning “Neftchi” klubidan 2018 yilda Qirg‘izistonning “Neytchi”siga ko‘chib o‘tgan.

Ligadagi legionerlarimizdan Javohir Sohibov, Murod To‘ychiboev, Islom Abdullaev, Abdulaziz Yusupov “Oloy”, Abdurahmon Abdulhaqov, Akrom Xo‘jaev, Elnur Turg‘unov, Maradona Safarov, Akmal Yo‘ldoshev, Abdulboriy Vositxonov, Po‘lat Sharifov  “Aldier Qurshab”, Doston Rashidov, Otabek Haydarov, Javohir Rasulov, Azamat Ahmedov, Muhammadali Tursunov “Neftchi”, Yahyo Ma’rufxo‘jaev “Talant”, Kamron Najafaliev “Dordoy”, Muhriddin Ahmedov “Qorabolta” a’zosi hisoblanadi.

Qirg‘izistondagi legionerlarimiz orasida eng mashhuri Javohir Sohibovdir. “Paxtakor”da tarbiyalagan bu futbolchi o‘z davrida mamlakatimizning eng iste’dodli o‘yinchilaridan biri sifatida “Metallurg”, “So‘g‘diyona”, “Lokomotiv”, “Turon” va “Surxon” klublarida to‘p tepgan.

Tayanch yarim himoyachi sifatida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Javohir Sohibov O‘zbekiston milliy terma jamoasida  15 ta uchrashuvda maydonga tushganini ham eslatib o‘tish joiz.

kgoerkohgerh (1)

Shuningdek, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abdulaziz Yusupov va “Mash’al”dan etishib chiqqan Maradona Safarov ham o‘zbek futbolida bir necha jamoalar sharafini himoya qilish orqali muxlislar e’tiborini qozongan.

O‘zbekiston to‘purarlari nechanchi o‘rinda?

Kelishilgan o‘yinlar balosi: Legionerlarimiz jamoasi Evrokubokdan chetlatilishi kutilmoqda!

Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Paxtakor muhlisi
21/04/2023 21:19
Жавохир Сохибов у́зивактида жуда истеъдодли хисобланарди. Ожил Ахмедовга чинакам ворис бу́лади деб у́йланганди. Жарохатлар ва цена нисбатар килинган