Bu mavsum ham EChLda "Bavariya" yoki "Barselona" g‘olib chiqadimi?

  • 09.08.2020 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob uchrashuvlaridan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, musobaqaning chorak finalida “Bavariya” va “Barselona” o‘zaro bahs olib boradi.

Qizig‘i shundaki, ushbu ikki klub Chempionlar ligasi pley-off bosqichida o‘zaro 3 marta to‘qnash kelgan va ushbu juftlikda g‘alaba qozongan jamoa yakunda chempion bo‘lgan.

2009 yil “Barselona” 1/4 finalda “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib yuborgan va yakunda chempion bo‘lgan, 2013 yilda “Bavariya” yarim finalda “Barselona”ni to‘xtatgan va keyinchalik bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 2015 yilda esa “Barselona” yana yarim finalda “Bavariya”ga to‘qnash kelgan va g‘alaba qozonib, keyin turnir g‘olibi bo‘lgan.

Endi ushbu jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!