"Bu men uchun yangi sahifa" yoxud Odilov ilk bor legionerga aylandi

  • 29.07.2025 14:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol

Iqtidorli futbolchilarimiz biri Muhammad Odilov faoliyatini xorijda davom ettiradigan bo‘ldi.

Birinchi davrani birinchi liga vakili “Navoiy akademiya” jamoasida o‘tkazgan yarim himoyachi endi Laos chempionatida to‘p suradi. U mahalliy “Mazda GBFK” jamoasi a’zosiga aylandi. Sports.uz muxbiri futbolchi bilan bog‘landi.

- Muhammadjon faoliyatingizda ilk bor legionerga aylandingiz. Hammasi qanday yuz berdi?

- Ha, men ilk bor legionerga aylandim. Agentim tomonidan Laos jamoasi meni kelishimni xohlayotganini bildirdi. Men esa jamoa haqida o‘rganib chiqib, shunday qarorga keldim.

- Yangi mamlakat, yangi chempionat va yangi muhit. Bu siz uchun tavakkal qarormidi yoki...

- Bu men uchun yangi sahifa, oldinga tashlangan qadam, deb o‘ylayman.

- Bungacha birinchi ligada “Navoiy akademiya”sida edingiz. Aslida legionerga aylanish rejangizda bormidi yo kutilmaganda yuz berdimi?

- Meni legionerga aylanish rejamda bor edi. Aslida qishki transfer paytidayoq legioner bo‘lishim kerak edi. Ba’zi sabablarga ko‘ra bu amalga oshmay qoldi. Natijada “Navoiy akademiya” jamoasida o‘ynab turdim. Buning uchun akademiya va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman.

- Nima uchun Laos? Boshqa variantlar ham bormidi?

- Menda 2-3 ta variant bor edi. Ularning orasida eng qiziqarlisi Laos bo‘lib chiqdi. Jamoa oldiga jiddiy maqsad qo‘yilgan.

- Laosda futbol darajasi qandayligini u erga borgach ko‘rishingiz mumkin. Ungacha u erga yo‘l olish borasida kimlar bilan maslahat qildingiz?

- Avvalo, do‘stim Saidjamol Davlatjonov bilan maslahatlashdim. U menga Laos futbol o‘ynash uchun ajoyib joy ekanligini, chempionati yildan-yilga kuchayotganini aytdi. Buning uchun unga alohida rahmat aytaman.

- Ilk mashgulotni ham o‘tkazdingiz. Qanday kutib olishdi? Jamoadagi sharoitlar qanday va u erda boshqa yurtdoshlarimiz bormi?

- Ha, ilk mashg‘ulotimni o‘tkazdim. Jamoa juda yaxshi kutib oldi, sharoitlar a’lo darajada. Murabbiy va klub xodimlari professional tarzda ishiga yondashishmoqda. Bizning klubning U12, U14, U16, U19 va ayollar jamoalari chempionatni yuqori o‘rinlarda tugatishmoqda. Demak, hammasi to‘g‘ri yo‘naltirilgan. Klubda men yolg‘iz emasman. Do‘stim Asilbek Orifjonov va 3 nafar yaponiyalik legionerlar ham bor.

- Qaysi raqamni tanladingiz? Siz uchun qanday sharoitlar qilib berishdi?

- 10-raqamni tanladim. Klub tomonidan ikkalamizga hamma sharoitga ega uy berildi. Fitnes zali ham bor. Klub tomonidan bizga alohida xodim biriktirilgan. U doim bizdan xabar oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Moroze Dead
29/07/2025 17:43
Узбекистан превращается в азиатскую Югославию
Rest Lover
30/07/2025 14:02
Sarlavhani o'qib bu yana Alisher Odilovmikan, deb endi so'kaman, deb turuvdim