
Bu nimasi? "Barselona" Ispaniya hakamlariga katta mablag‘ to‘lab kelgani aytilmoqda
"Barselona" klubi katta mojaroga aralashib qoldi.
Gap shundaki, kataloniyaliklar 2016-2018 yillar oralig‘ida Xose Mariya Enrike Negreyraga tegishli kompaniyaga umumiy hisobda 1,4 million evro to‘lab bergan. O‘sha vaqtda Xose Mariya Ispaniya hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan soliqqa tortish bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar tarqatdi.
"Ko‘k-anorranglilar" 2016-2018" yillar oralig‘ida ikki bor La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtda klub prezidenti Jozep Bartomeu edi.
Fikrlar