Bu xabar “Real”ni xafa qildi

  • 27 sentabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirish borasida ish olib borishni rejalashtirmoqda. Klub mutasaddilari jamoaga taklif qilinadigan futbolchi ro‘yxatini shakllantirgan.

“Qirollik klubi” ko‘z tikayotgan himoyachilardan biri “Liverpul” a’zosi Trent Aleksander-Arnold hisoblanadi.

25 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Madridliklar qimmatbaho futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritmoqchi.

Football Insider nashrining ta’kidlashicha, Trent kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. O‘ng qanot himoyachisi klub bilan shartnomani uzaytirishga moyillik bildirmoqda va “Liverpul”dan ketmoqchi emas.

Transfer bo‘yicha ekspertlar madridliklarga angliyalik futbolchini qaroridan qaytarish va “Real”ga o‘tishga ko‘ndirish oson bo‘lmasligini aytmoqda.

Trent “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyati davomida mersisaydliklar tarkibida 300 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!