
Bu yulduz hali Messiga etishiga sal bor ekan
Evropa chempionar ligasining yarim final javob uchrashuvida “Inter” o‘z maydonida “Barselona” futbolchilarini qabul qildi. Har ikki o‘yin bir xil – 3:3 natijasi bilan yakunlandi va g‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha taymlarda Davide Frattezining goli milanliklarni finalga olib chiqdi.
Uchrashuvda “Barselona” etakchisi Lamin Yamal kataloniyaliklar afsonasi Lionel Messining tarixiy rekordini yangilashga juda yaqin keldi.
Gap shundaki, 17 yoshli futbolchi “Inter” vakillarini 14 marotaba aldab o‘tdi. Bu Chempionlar ligasi yarim finallari tarixidagi ikkinchi ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Bu borada mutlaq rekord Lionel Messiga tegishli. Ayni paytda AQSh maydonlarida javlon urayotgan argentinalik yulduz 2008 yili “Barselona”ning “Manchester Yunayted”ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalidagi uchrashuvida raqib futbolchilarini dribling yordamida 16 marta aldab o‘tgan.
Jahon futbol jamoatchiligi Lamin Yamalni “Messining vorisi” sifatida ko‘rayotgan bugungi kunda ispan futbolchisi sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi darajasidagi etishiga hali vaqt bor ekani namoyon bo‘ldi.
Fikrlar