Bubanya vodiy derbisi oldidan: "Stadion muxlislar bilan to‘lishiga va undagi muhit a’lo darajada bo‘lishiga shubha qilmayapman"

  • 21 sentabr, 2023, 12:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

23 sentyabr kuni “Bobur Arena”da Superliganing 19-turida “Andijon” “Navbahor”ni qabul qilishidan yaxshi xabardorsiz.

Tecno

Ushbu vodiy derbisiga qiziqish har tomonlama yuqori darajada va bu oddiy o‘yin bo‘lmasligi shubhasiz.

Uchrashuvning ahamiyati nechog‘lik muhimligini jamoa a’zolari ham to‘liq his qilib turibdilar.

“Andijon”ning serbiyalik legioneri, tajribali himoyachi Vladimir Bubanya esa bo‘lg‘usi derbi oldidan “Andijon” matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

- “Navbahor”ga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlik qanday ketmoqda? Bo‘lajak o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapsizmi?

- Ha, biz kuchli tarzda bo‘lajak o‘yin uchun tayyorlanyapmiz. “Navbahor”ga qarshi o‘yin uchun kichik yig‘inni o‘tkazib oldik.

- “Navbahor”ning Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Al-Hilol”ga qarshi bellashuvini ko‘rdingizmi?

- Ha, men “Navbahor”ning o‘yinini ko‘rdim. Jamoa a’lo darajada to‘p surdi, himoyaga ko‘proq ahamiyat berdi va gol urish uchun imkoniyatini kutdi. Natijada golini qarshi hujumdan keyin urdi.

- 23 sentyabr kuni “Bobur Arena” stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshishiga ishonyapsizmi?

- O‘zaro o‘yinimizda stadionning muxlislar bilan liq to‘lishiga va undagi muhit a’lo darajada bo‘lishiga shubha qilmayapman.

- Siz bungacha ham vodiy derbilarida o‘ynagansiz. Qaysi bahs yodingizda ko‘proq saqlanib qolgan yoki unutilmas derbi endi bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?

- Men vodiy derbisida bir necha bor o‘ynaganman. Yaqinlashib kelayotgan bellashuvga ham xuddi boshqa uchrashuvlardagi kabi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ha, derbining muxlislar uchun qanday ahamiyatga egaligidan xabarim bor. Jumladan, biz uchun ham uning ahamiyati o‘zgacha.

- Bir so‘z bilan aytganda, siz vodiy derbisiga tayyormisiz?

- Albatta, men tayyorman va jamoamizdagi har bir o‘yinchi ham bo‘lajak o‘yinga tayyorlar.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yoqubxon Xakimov
22/09/2023 06:23
Бабаян булади ту́гри йоз
&
Sardorbek 5555
21/09/2023 16:28
Yomani Navbaxor Tabatadze va Ostondan gol kutamiz
&
Bek 56
21/09/2023 16:03
Бубанядан бош билан гол уришини кутиб к,оламиз Хэбаждан оёк, билан гол уришни ва Шахбоздан к арши х,ужумда гол уришни кутиб к,оламиз