
Buffon A Seriya chempionligi uchun "Yuventus"ga asosiy raqobatchi kimligini aytdi. Bu "Inter" emas
Turinning “Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon joriy mavsum A Seriya chempionligi uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi.
“Agar “Inter” Evropa ligasida olg‘a ketsa, skudetto uchun “Latsio” jiddiy raqibga aylanadi deb o‘ylayman”, - deydi Buffon.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” ayni damda 57 ochko bilan A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Turinliklardan bor yo‘g‘i 1 ochko kam jamg‘argan “Latsio” esa 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar