
Buffon endi ikkinchi
Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob bahsida bugun bo‘lib o‘tayotgan “Yuventus” – “Monako” bahsi turinliklar darvozaboni Janluidji Buffon uchun evrokuboklardagi 150-o‘yin bo‘ldi.
Buffon 150 lik dovonidan o‘tgan o‘ninchi futbolchi bo‘ldi. Bu borada Iker Kasilyasga etadigani yo‘q – 175 o‘yin.
Italiyaliklar orasida esa evrokuboklarda Buffondanda ko‘p o‘yinni faqatgina Paolo Maldini o‘tkazgan – 174 ta bahs.
39 yoshli Buffon “Yuventus” libosida UEFA tasnifidai 114 ta bahsda maydonga tushgan. Qolgan 36 o‘yinni esa “Parma” tarkibida o‘tkazgan.
Fikrlar