Buffon faoliyatini yakunlagach, maktabda o‘qiydi

  • 3 iyul, 2020, 22:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon katta futboldagi faoliyatini tugatgach, maktabni yakunlab qo‘ymoqchi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 42 yoshli italiyalik posbon futbolni deb maktabni tashlab yuborgan. 2000 yilda esa soxta diplom tufayli qamalib ketishiga bir bahya qolgan.

“Futbolni tugatganimdan keyin bir yil ijodiy ta’tilga chiqaman. Bu vaqtni o‘zimga va oilamga bag‘ishlayman. Bundan tashqari maktabdagi o‘qishimni ham yakunlab qo‘ymoqchiman. Ota-onam 30 yildan buyon meni shu sababli urishib keladi”, - deydi Buffon.

Buffonning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!