
Buffon: Har oy qarorim haqida o‘ylab ko‘raman
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "Torino"ga qarshi o‘yindagi ishtiroki bilan A Seriyada maydonga tushish bo‘yicha Del Peroning natijasini yangiladi. O‘yindan so‘ng, italiyalik darvozabon rekord zabt etilishi va faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Del Pero rekordi asosiy maqsadim bo‘lmagan. Bunday narsalarga e’tibor qaratib o‘tirmayman, chunki ikki yil oldin faoliyatimni deyarli yakunlagan edim. Keyin PSJdan taklif bo‘ldi va yana maydonda qolishga qaror qildim.
Yoshim 43 da, ammo hamon "Yuvendus"da to‘p suryapman, 40 yoshimdan buyon har oy faoliyatimni davom ettirish haqida qaror qabul qilishni boshladim", - deydi Buffon.
Fikrlar