
Buffon kasallikka chalindi
“Parma”ning afsonaviy darvozaboni Janluiji Buffonda koronavirus aniqlandi. Bu haqda B Seriya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 43 yoshli posbon ayni damda o‘z uyida karantinga olingan.
Buffon joriy mavsum Italiya B Seriyasida 18 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 21 ta gol o‘tkazib yubordi, 6 ta uchrashuvda esa o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
18-tur yakunlariga ko‘ra, "Parma" 23 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining ikkinchi yarmida bormoqda. Buffonning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar