Buffon katta dovondan o‘tdi

  • 19 oktabr, 2020, 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

42 yoshli darvozabon Janluiji Buffon “Yuventus”ning “Krotone”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida maydonga tushib, A Seriyaning tarixiy rekordini o‘rnatdi.

Dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri hisoblangan Buffon Italiya chempionatining yuqori divizionida 650 uchrashuv o‘tkazgan birinchi va yagona futbolchiga aylandi.

Shu kuni turinliklar tarkibida maydonga tushgan 10 nafar futbolchidan ettitasi Buffon faoliyatini boshlagan paytda hali dunyoga kelmagan edi. Italiyalik darvozabon ilk uchrashuvini 1995 yilning noyabr oyida o‘tkazgan.

Buffon faoliyati davomida jami 917 o‘yin o‘tkazib, 766 ta gol o‘tkazib yuborgan. U 410 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!