
Buffon, Kuadrado va de Shilo "Kalyari"ga qarshi bahsda "Yuventus"ga yordam bera olishmaydi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning 20-turida "Kalyari"ga qarshi bahs oldidan tarkibdagi yo‘qotishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda “keksa sinora” Janluiji Buffon, Mattia de Shilo va Xuan Kuadrado kabi futbolchilar xizmatidan foydalana ololmaydi. Shuningdek Klaudio Markizio ham ushbu bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Fikrlar