Buffon qachongacha o‘ynashini aytdi!

  • 17 iyul, 2022, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon yoshi o‘tib qolganiga qaramay, faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.

Tecno

O‘zini tarbiyalagan “Parma” sharafini himoya qilayotgan mashhur posbon bu haqda o‘zi bayonot berdi.

- 55 yoshimgacha o‘ynaymanmi? Taxminan shunday bo‘ladi. Anchadan beri futboldan keyin nima bilan shug‘ullanishim haqida bosh qotiryapman.

Futbolda qolishimga 100 foiz amin emasman. Futbol haqida hamma narsani bilishimdan kelib chiqib, boshqa yangi kasb egallashga urinib ko‘rarman. Yangi narsalarni o‘zlashtirishni yaxshi ko‘raman, - dedi Janluiji Buffon.

43 yoshli darvozabon o‘tgan yili “Parma” tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 27 ta to‘p olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!